Bola hammasini eslaydi.

Bolalar xafagarchilikni, qaygʻuni yoki bergan vaʼdasini tez unutishadi degan fikr bor. Ammo bu oʻta xato va yuzaki fikr. Yigʻlab turgan bola bir necha soniyadan keyin kula boshlaydi, hozirgina qattiq urushib qolgan, endi esa birga oʻynayapti. Biroz oldin tartibli boʻlishga vaʼda bergan lekin yana toʻpolon qiladi.

Yoʻq, bola unga yetkazilgan ozorni, qilingan jahlni uzoq eslaydi. U bir yil oldin qilingan haqoratni ham sizga eslata oladi. Vaʼdasini esa shunchaki bajarisha olishmaydi.

Atrofdagi ijobiy holat taʼsirida tezda oʻynab ketishi mumkin, lekin yetkazilgan qaygʻuga kechqurun uyqudan oldin yoki yolgʻiz qolganda qaytadi.

Baʼzan bolangiz sizga gapirmayotganini, oldingidek savollar bilan yoningizga kelmayotganini sezishingiz mumkin. Sababini soʻrasangiz, siz undan jaxlingiz chiqqani yoki xafa boʻlganingizni eslatadi. Shunda bir necha kun avval bolaning qaysidur qilgan kichkina xatosi uchun ovozingizni balandlatib urushib berganingizni eslaysiz. Xali taʼsirlanish qobilyati joyida boʻlgan bola sizga bildirmasada oʻsha yoqimsiz daqiqalarni koʻnglida xis qilib oʻtdi.

Bola hammasini eslaydi.

 

Leave a Reply